Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, 1-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 8:40 atrofida Tesla Cybertruck avtomobili Las-Vegasdagi Tramp mehmonxonasi oldida portlagan.
Portlash oqibatida avtomashina haydovchisi halok bo‘ldi, yana yetti kishi yengil tan jarohati oldi.
Matbuot anjumanida Las-Vegas politsiya departamenti sherifi Kevin Makmexill portlash videosini namoyish qildi.
CNN ma'lumotlariga ko'ra, avtomobilga bir necha benzin to‘ldirilgan kanistralar va feyerverklar ortilgan bo‘lgan. Haydovchi kabinadan turib ularni portlatib yuborgan.
Sherif Makmexillning aytishicha, politsiya voqeaning Yangi Orlean teraktiga aloqadorligini tekshirmoqda.
Las-Vegasdagi “Trump” mehmonxonasi oldida portlagan Cybertruck Yangi Orleandagi odamlar ustiga haydalgan mashina kabi Turo ilovasi orqali ijaraga olingan, deb xabar bermoqda AP.
Portlash ijaraga olingan Cybertruck mashinasiga juda ko'p miqdorda pirotexnika ortilgani yoki salondagi bomba tufayli sodir bo'lgan. Portlashning elektromobilning o‘ziga aloqasi yo‘q, uning telemetriyasi ijobiy”, — deb bayonot berdi Tesla asoschisi Ilon Mask.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10503 | Инструменты