Huawei 1
Carvon AYoQShlarida Ai-80 benzini 8150 so‘mgacha qimmatlashdi

O‘zbekistondagi eng yirik AYoQShlar tarmog‘i bo‘lgan Carvon (sobiq UNG Petro) shoxobchalarida 1 yanvardan boshlab Ai-80 markali benzin narxi keskin oshdi.

Narx birdaniga 18,1 foizga qimmatlab, 1 litr uchun 6900 so‘mdan 8150 so‘mgacha ko‘tarilgan. Buning sababi borasida rasmiy izoh berilganicha yo‘q.

2024 yil 1 yanvardan boshlab, aksiz solig‘ bo‘yicha imtiyoz bekor qilingach, Ai-80 benzini narxi 6050 so‘mdan 6800 so‘mgacha oshgandi. Shu tariqa, joriy narx oshishi bilan, oxirgi bir yilda ushbu yoqilg‘i 33,9 foizga qimmatlashdi.

Ai-80 markali benzin Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqariladi. Zavodga egalik qiluvchi “O‘zbekneftgaz” AJ 29 dekabr kuni bayonot berib, 1 yanvardan e’tiboran barcha turdagi neft mahsulotlari faqat birja orqali sotilishini ma’lum qilgan.

“2025 yil 1 yanvardan e’tiboran “Buxoro NQIZ” MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan barcha turdagi neft mahsulotlari, shu jumladan, avtobenzin ham faqat birja savdolari orqali erkin raqobat muhitida sotuvga chiqariladi.

Respublika aholisining avtobenzinga bo‘lgan talabini bir maromda qondirish masalasi davlat nazoratiga olingan bo‘lib, buning uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilgan”, – deyiladi “O‘zbekneftgaz” bayonotida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10503 | Инструменты