Rossiyada politsiya xodimlari migrantlar yashaydigan uy-joy va boshqa binolarga to'siqsiz kirish huquqiga ega bo'ladilar. “TASS” xabar berishicha, tegishli normalar shu yil 5-martdan kuchga kiradigan qonunda mustahkamlangan.
Shuningdek, politsiya Rossiya Federatsiyasining davlat organlari va xorijiy davlatlarning hokimiyat organlaridan davlat nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan, shu jumladan tijorat, bank, soliq va qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirlarni tashkil etuvchi ma'lumotlar va hujjatlarni so'rashi mumkin. Bundan maqsad chet el fuqarolarining hisobvaraqlardagi pul mablag'larining harakati to'g'risidagi ma'lumotlarni qo‘lga kiritish.
5-martdan boshlab Ichki ishlar vazirligi xodimlari ham ushbu rejimda, jumladan, texnik vositalardan foydalangan holda xorij fuqarolarini kuzatib borishlari mumkin. Ushbu norma, shuningdek, chet elliklarga Rossiya Federatsiyasi hududida bo'lishda yordam ko'rsatadigan jismoniy va yuridik shaxslarga ham tegishli.
Bundan tashqari, politsiya mobil qurilmalar va geolokatsiya, yuzni aniqlash tizimida ishlaydigan to‘lov tizimlari ma’lumotlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.
Avvalroq Rossiyadagi noqonuniy migrantlar 30-aprelgacha mustaqil ravishda mamlakatni tark etishi yoki o‘z huquqiy holatini tartibga solishi kerakligi xabar qilingandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10503 | Инструменты