Huawei 1
Toshkent viloyati hokimi "Tashabbus-2021" respublika bosqichi g'olibini tabrikladi

Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov “Tashabbus-2021” koʻrik-tanlovi respublika bosqichida “Xizmat koʻrsatish sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori” yoʻnalishi boʻyicha birinchi oʻrinni olgan “TURON RESORT AND SPA” MCHJ ijrochi direktori Abdurasul Abduxalilovni tabrikladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati ma'lumqildi. 

Taʼkidlash joizki, anʼanaviy tarzda tashkil etilib kelinayotgan mazkur koʻrik-tanlov bu yil ham respublikaning barcha tuman va viloyatlarida “Taraqqiyot sari qadam” shiori ostida bosqichma-bosqich oʻtkazildi. Koʻrgazmada sanoat, xizmat koʻrsatish, fermer xoʻjalik, hunarmandchilik, farmatsevtika kabi 70 ga yaqin soha boʻyicha ishbilarmonlar va yosh tadbirkorlarning ishlari namoyish etildi.

Joriy yilning 4-iyuniga qadar respublikaning barcha hududlarida koʻrik-tanlovning tuman (shahar) bosqichlari oʻtkazilib, ushbu bosqichda ishtirok etish uchun 13 ming 164 nafar tadbirkorlik subyektlaridan arizalar kelib tushdi. Birgina xizmat koʻrsatish sohasidagi tadbirkorlar 3 ming 509 (2019-yilda 1 ming 408) nafarni tashkil etgan. Mazkur yoʻnalish boʻyicha 1-oʻrinni olgan “TURON RESORT AND SPA” MCHJ rahbari ham “Prezident sovgʻasi” — avtomobil bilan taqdirlandi.

Uchrashuvda D.Hidoyatov tadbirkorning kelgusi faoliyatiga muvafaqqiyatlar tiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90923 | Инструменты