Huawei 1
Toshkent viloyati IIBB: Yangi yo‘lda ochiqlikka chiqib ketgan ilonlar soni 30 ta emas, 4 dona bo'lgan

Avvalroq, Yangiyo‘ldagi xonadonda saqlab kelingan kobralar ochiqqa qo‘yib yuborilgani haqida xabar bergan edik.

Viloyat IIBB mazkur maʼlumotni rad etib, holatga izoh berdi

"Mazkur holat tuman IIB xodimlari tomonidan o‘rganilganda maʼlumotlar internetda eʼlon qilinganidan farqli ekanligi maʼlum bo‘ldi.

Yaʼni 30 ga yaqin ilonlar, ijtimoiy tarmoqlarda aytilgani kabi ochiqlikka qo‘yib yuborilmagan. Ilonlarning 4 tasi boqilayotgan joyidan qochib ketgan va qisqa vaqt ichida ularning har 4 tasi ham ushlangan", - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Hozirda mazkur holat yuzasidan hududiy ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Yakuniy natija bo‘yicha qo‘shimcha ravishda axborot berilishini taʼminlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100421 | Инструменты