Huawei 1
Toshkent viloyati YHXB Jenisbek Piyazovning tanqidiga munosabat bildirdi

O‘zbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazovning Toshkent viloyatida 15 daqiqa ichida 4 marotaba radarga tushgani xabar qilingandi. Holat yuzasidan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi munosabat bildirdi. 

Qayd etilishicha, viloyat hududida yo‘l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida statsionar (qo‘zg‘almas ustunlarga o‘rnatilgan) va mobil kompleksli (multiradar)lar hamda patrul avtomobillariga o‘rnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari faoliyat yuritmoqda.

Jenisbek Piyazov tomonidan yo‘llangan video murojaatda o‘ziga tegishli bo‘lgan transport vositasida bitta mobil kompleksli multiradar orqali unga 4 marotaba jarima belgilangani aytib o‘tilgan.

Viloyat YHXBga ko‘ra, aslida fuqoro Jenisbek Piyazovga tegishli bo‘lgan transport vositasi Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi D 012 “Bektemir sh. – Chorbog‘ qo‘rg‘oni” avtomobil yo‘lining 45 va 50 kilometrlaridagi qo‘zg‘almas ustunga o‘rnatilgan statsionar radarlar orqali va ushbu yo‘lning 24 va 31 kilometrlarida xizmat olib borayotgan 2 ta mobil kompleksli (turli xil avtomobillarga o‘rnatilgan) radarlar orqali yo‘l harakati qoidalarini, ya’ni belgilangan tezlik me’yorlariga amal qilmasdan tezlikni oshirib harakatlangani qayd etilgan.

“Shu sababli qonunchiligimizda belgilangan tartibda har bir sodir etilgan huquqbuzarlik uchun alohida jarima qarorlari chiqarilgan”, deyilgan YHXB munosabatida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11218 | Инструменты