Toshkent viloyatida 100 ga yaqin ehtiyojmand oilalarga pul mablag‘lari tarqatildi
Bugun har bir hududda, olis chegera oldi mahallalarda rahbarlar tomonidan aholi murojaatlari tinglanib, ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilib kelinmoqda.
Jumladan, Bo‘stonliq tumanida ham mammolarni o‘rganish, ularni hal etish choralarini ko‘rish, aholi uchun munosib sharoitlarni yaratish maqsadida sektor rahbarlari xonadonma-xonadon o‘rganish ishlarini olib bormoqda. Shu bilan birga, muntazam sayyor qabullari tashkil etilmoqda.
Bugun mazkur qabullarda murojaat qilgan ijtimoiy himoya va jarrohlik amaliyotiga muhtoj, ko‘p farzandli oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz qariyalar hamda daftardagi fuqarolarning 76 nafariga “Mahalla” xayriya jamoat fondi qoshida tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir martalik, jami 208 million so‘m moddiy yordam pullari tarqatildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51117 | Инструменты