Huawei 1
Toshkent viloyatida 3 mln rublni sharbat qutisiga yashirib olib chiqib ketayotgan shaxs ushlandi

"Farhod" chegara bojxona posti xodimlari tomonidan hamda Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimi va Toshkent viloyati Bekobod shahar DXX xodimlari hamda 9226-sonli harbiy qism chegara qo‘shinlar bilan hamkorligida naqd xorijiy valyutasi yashirincha olib chiqilishi to‘xtatib qolindi.

Qo‘shni davlatga o‘tish uchun “Farhod” chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaroning sumkasi tekshirilganida, sharbat qutisiga xufyona yashirilgan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 3 mln Rossiya rubli aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartiblarga ko‘ra jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 mln so‘mga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd valyuta mablag‘larini O‘zbekistondan tashqariga bojxona nazorati qoidalariga rioya etilgan holda cheklovlarsiz olib chiqishlariga ruxsat etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga