Toshkent viloyatida 4-xalqaro “Jeep sprint” yo‘ltanlamas avtomobillar sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi

O'zbekistonda turizmning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirgan holda xorijdan kirib keluvchi sayyohlar soni oshirish, shuningdek, mahalliy sayyohlar o‘rtasida ichki turizmni keng targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 4-xalqaro “Jeep sprint” yo‘ltanlamas avtomobillar sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada Markaziy Osiyoning barcha davlatlaridan ishtirokchilar va tomoshabinlar qatnashishdi.

Sportchilar uchta o‘nalish bo‘yicha o‘zaro bellashib, yakunda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

So‘nggi yillarda Toshkent viloyatini offroad hamda avtoturizmning markaziga aylantirish maqsadida hududda 2021-yildan buyon har yili “Xalqaro jeep sprint” festivali o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirda ishtirok etuvchi professional va havaskor sportchilar soni yildan yilga oshib bormoqda. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad viloyatning turizm imkoniyatlarini yo‘l tanlamas avtomobillarda kashf etish orqali turistlar orasida keng targ‘ib qilishdan iborat.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72711 | Инструменты