Huawei 1
Toshkent viloyatida 59 yoshli erkak poyezd tagida qolib, halok bo’ldi

Joriy yil 17-yanvar kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida 59 yoshli erkak poyezd urib ketishi oqibatida halok bo'ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, holat O‘zbekiston—O‘rta ovul temiryo‘l bekatlari oralig‘ida sodir bo‘lgan. Unda erkak himoya to‘sig‘idan oshib, yo‘lni kesib o‘tmoqchi bo‘lganida poyezd tagida qolgan.

"O‘rganishlarda ma’lum bo‘lishicha, marhum panjaradan sakrab, temiryo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan vaqtida poyezd urib yuborgan”, — deydi Toshkent mintaqaviy temiryo‘l transportida XTB inspektori Ilhom To‘raqulov.

Transport prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Hasan Solihovning ma'lumotiga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari amalga oshirilmoqda. Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112622 | Инструменты