Huawei 1
Toshkent viloyatida 83 yoshli erkaknining oyog‘i poyezd g‘ildiragi ostida qolib, uzilib ketdi

Toshkent shahri va viloyatida 2 nafar fuqaro o‘z hayotini xavfga qo‘yib, temiryo‘l hududida harakatlanadi. 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 11-fevral kuni Toshkent viloyatining Toshkent tumanida sodir bo'lgan. Unda 83 yoshli erkak fuqaro uyiga borish uchun piyodalar o'tish yo'lagidan foydalanmay, to‘xtab turgan yuk poyezdining tagidan o‘tmoqchi bo'lgan. Shu payt poyezd harakatlanishi natijasida uning o‘ng oyog‘i g‘ildirak ostida qolib, uzilib tushgan.

Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi u sog‘ligini tiklamoqda.

Bundan tashqari, 16-fevral kuni esa Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi temiryo‘l hududini kesib o‘tayotgan 66 yoshli fuqaroni yuk poyezd urib yuborgan. Oqibatda erkak bosh qismidan jiddiy tan jarohati olgan.O‘rganishlar davomida har ikki fuqaro ham muntazam ravishda spirtli ichimliklar iste’mol qilishi aniqlangan. Holat sodir bo'lgan kunda ham ular mast bo'lgan.

Mas'ul xodimlarning ta'kidlashicha, bu kabi voqealarni oldini olish maqsadida bosqichma-bosqich temiryo'l hudularini temir panjara va beton devor bilan o'rash ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112307 | Инструменты