Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni nazorat qilishni kuchaytirish maqsadida Maxsus komissiya Toshkent viloyatida vertolyot patrulini yo‘lga qo‘ydi. Bugungi aero-patrul davomida Komissiya rahbarlari (A. Abduhakimov, D. Qodirov) vaziyat bilan shaxsan tanishdilar hamda atmosfera havosining ifloslanishi bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.
Aero-kuzatuv ekologik me’yorlarni buzayotgan korxona va obyektlarni, jumladan, yashirin yoki yetib borish qiyin bo‘lganlarini tezkor aniqlash imkonini beradi. Bunday yondashuv monitoring samaradorligini sezilarli darajada oshiradi, noqonuniy tashlamalarni aniqlashga va darhol choralar ko‘rishga yordam beradi.
Maxsus komissiya ekologik vaziyatni barqarorlashtirish va aholi salomatligini himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni davom ettiradi.


Alpha version: 0.9.1.19 build 120412 | Инструменты