Huawei 1
Toshkent viloyatida ayolining opasini o‘ldirgan erkak qamaldi

Toshkent viloyatida ayolining opasini o‘ldirgan erkak qamaldi. Holat yuzasidan sud ishi JIB Chirchiq shahar sudida ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Zamon” dasturi xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, Chirchiqda 31 yoshli erkak 6 oydan buyon birga yashamayotgan ayoli ishlayotgan “Hot-dog” shoxobchasiga kelib, janjal ko‘targan. Oqibatda 3 kishiga tan jarohati yetkazgan.

Aniqlanishicha, erkak ayoli, qaynopasi va uning dugonasiga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan. Opasi singlisini uning eridan yaʼni kuyovidan himoya qilmoqchi bo‘lgan. Biroq pichoq sanchilishi sabab o‘zi va uning vujudidagi go‘dagi vafot etgan.

Sud majlisida ayol turmush o‘rtog‘iga umrbod qamoq jazosi berishini so‘radi.

Sud hukmiga ko‘ra, tayinlangan yengilroq jazoni og‘irroq bilan qoplash yo‘li bilan erkakka nisbatan 24 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112018 | Инструменты