Bunga nima sabab bo'ldi?
Toshkent viloyatida bir erkak 2 kishini o‘ldirib, yoqib yubordi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov "Uzreport.news" manbasiga xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yil 23-mart kuni soat 14.30 larda "Nurli Diyor" MCHJda agronom bo'lib ishlagan 1961-yilda tugilgan K.A. hamda jamiyat mutaxassisi 1984-yilda tugilgan S.G. Yangiyo'l tumanida yashovchi B.J.ni oldiga borishib, unga ijaraga berilgan yer maydonlari uchun 40 mln so'm miqdorda haq talab qilishgan.
Shu vaqt o'rtalarida kelib chiqqan nizo jarayonida B.J. pul bermaslik maqsadida ularni dala shiyponiga olib kirib ikkalasini oshxona pichogi bilan qasddan o'ldirgan.
So'ng u o'zining jinoiy harakatlarini yashirish maqsadida murdalarni yoqib yuborib, qolgan tana qoldiqlarini ariq bo'yiga tashlab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 97-moddasi 2-qismi "a, j, i" bandlari bilan jinoyat ishi qo'zgatilgan. Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20906 | Инструменты