Huawei 1
Toshkent viloyatida erkak o'z ayolini bog'cha bolalari oldida bo'g'ib, do'pposladi

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak xotinini bug'ib, do'pposlayotgani aks etgan videolar tarqaldi.

Toshkent viloyati IIB axborot xizmatining xabariga ko'ra, ushbu voqea Quyi Chirchiq tumanida sodir bo'lgan. Er xotinini rashk qilib, bog'chada kaltaklagan. Videoda bolalar qo'rqib ketganidan tinimsiz yig'layotganini va tasvirga olayotgan ayol ularni ajratolmay, ko'chaga chiqib yordam so'rayotganini ko'rish mumkin.

Maktabgacha ta'lim vazirligi ham ushbu voqea yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Voqea 24-avgust kuni soat tahminan 17:00 larda "Lastochka" nomli oilaviy bog'chada yuz bergan. Ushbu er-xotining tortishuvi avvaliga ko‘chada boshlangan, so‘ng erini kaltagidan qochgan ayol, ko‘zi tushgan darvoza tomon qochib kirib yashirinmoqchi bo‘lgan. Er xotinini ketidan kirib, do'pposlab ketgan.

Ma’lum bo'lishicha, ayol ushbu bog'chada umuman ish faoliyatini olib bormagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan hududiy IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.

UPD: Xotinini bog'chada bo'g'ib, do'pposlagan erkak, uyida uni pichoqlab o'ldirdi 

Izohlar: 3
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish
  • Dinora
    0
    Dinora 2 yil avval

    Prezidentimiz yolģiz onalar nogironligi bulgan shaxslarga imtiyoz chiqargan oliy ta'limga òqishga kirishiga yordam buladi db nima uchun manga imtiyozim yordam berolmadi savabini bilmayapman kmga murojat qiliy

  • Dinora
    0
    Dinora 2 yil avval

    Assalomu alekum man yaqinda 10avgustda imtixon buldi 55.6 ball tòplabman lekin mani xotin qizlar bergan tavsiyanoma bor nimaga manga ball qushib bermagan lugòtam busa bu imtiyoz shunchaki quruq gabmi imtiyozim bula turib talabalikka qabul qilinmagan busam


Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82505 | Инструменты