Toshkent viloyatida fuqaro o‘zi tashlagan chiqindilarni tozalab, 3,3 mln so‘m jarima to‘ladi
Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrining Yangibog' MFY hududida chiqindi tashlash bilan bog’liq huquqbuzarlik sodir bo‘ldi. Bu holat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan o‘rnatilgan kuzatuv kameralari orqali aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro S.T. belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan.
Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91-prim 1-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzar o‘zi tashlagan chiqindini o‘zi tozaladi va unga 3 mln 300 ming so‘m miqdorida jarima tayinlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51119 | Инструменты