Bolalarning biri 20 foiz, ikkinchisi 80 foiz tana kuyishi bilan yotqizildi
O‘zbekiston temir yo‘llari Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, joriy yilning 14-mart kuni soat 15:18 da Chinoz bekatida ikki bolakay poyezdning yuk vagoni ustiga chiqib olishgan.
Xavfli harakatlar natijasida 2013 yilda tug‘ilgan M.I. va 2012 yilda tug‘ilgan B.B. kontakt tarmog‘ining elektr ta’minoti kuchlanishida tan jarohatlar olishgan. Ikkala yosh bola ham zudlik bilan kasalxonaga biri 20 foiz, ikkinchisi 80 foiz tana kuyishi bilan yotqizildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112307 | Инструменты