Toʻlov bank kartalari orqali amalga oshirilganda 1700 soʻm, naqd pulda esa 2500 soʻm etib belgilandi.
Toshkent viloyati shaharlarida jamoat transporti uchun toʻlov narxi oʻzgaradi. Bu boʻyicha 31-may kuni viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning tegishli qarori eʼlon qilindi.
Unga koʻra, vaqtga bogʻlangan soatlik, kunlik, oylik va yillik limitsiz tariflar, naqd toʻlovni elektron toʻlovga nisbatan 30%ga yuqori etib belgilash maʼlum qilingan.
Jumladan, bir nafar yoʻlovchi uchun qatnov bank va transport kartalari orqali amalga oshirilganda 1700 soʻm, naqd toʻlovda 2500 soʻm etib belgilangan.
Bir nafar yoʻlovchining bagajini tashish xarajatlari ham 2500 soʻmni tashkil etadi.
Qarorga ilova qilingan jadvalga koʻra, bir yoʻlovchi uchun olti oylik toʻlov 900 ming soʻm, bir yilligi esa 1 mln 826 ming soʻm etib belgilangan.
Talaba, oʻquvchi, pensioner va nogironlar uchun olti oylik toʻlov 450 ming soʻm, yillik toʻlov esa 913 ming soʻmni tashkil etadi.
Qayd etilishicha, qaror eʼlon qilingan kunidan kuchga kirishi belgilangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50721 | Инструменты