Joriy yil 18-dekabr kuni Toshkent viloyatidagi “G‘ishtko‘prik” bojxona nazorat punktida tijorat maqsadi ko‘zlangan tovarlarni nazoratdan yashirib olish o‘tishga bo‘lgan urinish fosh qilindi.
Achinarlisi, bu safar qoidabuzar sifati kafolatlanmagan dori vositalarini bojxonadan olib o‘tishda 9 oylik go‘dagidan foydalanib kelgan.
Ayol chaqaloqning kiyimlari orasiga bir oyning ichida 32 va 21 dona tegishli sertifikatsiz va sifati kafolatlanmagan dori vositalarini yashirib, O‘zbekiston hududiga o‘tishga uringan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122221 | Инструменты