Majburiy ijro byurosi hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti YHXB xizmati o‘rtasida qo‘shma ko‘rsatma tasdiqlanib, Byuroning Toshkent viloyat boshqarmasi hamda YHXB xodimlari bilan hamkorlikda patrul post xizmati maskanlarida hamda hududlar markaziy ko‘chalarida reyd tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Bundan ko‘zlangan maqsad yo‘l harakati qoidalarini buzganlik va boshqa huquqbuzarliklar uchun tayinlangan jarimalarni to‘liq undirishdir.
Hamkorlikda amalga oshirilgan reyd tadbirlari davomida 2 ming 700 dan ortiq huquqbuzarlardan 1 mlrd. so‘mdan ziyod ma’muriy jarima summalari amalda undirildi. 800 dan ortiq jarima maydonchasiga kiritilgan avtotransport vositalarining 105 tasi qidiruvdagi avtotransport vositalaridir.
Misol uchun, Byuroning Bo‘ka tumani bo‘limi xodimlari tomonidan tadbir davomida ma’muriy jarimalar bilan bog‘liq 60 ta ijro hujjati bo‘yicha 34.7 mln. so‘m qarzdorlik amalda undirildi.
Hozirda viloyat bo‘yicha reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122617 | Инструменты