Huawei 1
Toshkent viloyatidagi gaz zapravkada Kamaz yonib ketdi

Toshkent viloyatidagi gaz zapravkada Kamaz yonib ketdi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Qayd etilishicha, 12-yanvar kuni soat 22:13da Tosheknt viloyati Yangiyo‘l tumani “Qo‘shyog‘och” MFYda joylashgan “DELTA KOMPRESSOR” MCHJ ga qarashli AGTKSH bostirmasining 10 kv.m. maydonda shifti va tagida turgan “KAMAZ-53212” rusumli yuk avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘inga yong‘in qutqaruv ekipajlari soat 22:17da yetib borib, 22:20da o‘rab olinib, 22:38da o‘chirildi.

Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar qayd etilmadi.

Yong‘inning kelib chiqish sabablari va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62812 | Инструменты