Toshkent shahar YHXB saylgohlar hamda bog‘larga tashrif buyurishda jamoat transportidan foydalanishni so‘radi

Bugun, "1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan hududlardagi istirohat bog‘lari, ko‘ngilochar maydonlar atrofidagi yo‘llarda vaqti-vaqti bilan transport vositalarining tirbandligi kuzatilmoqda. 

Harakat xavfsizligini ishonchli taʼminlash, tirbandliklarni oldini olish maqsadida fuqarolardan saylgohlar hamda bog‘larga tashrif buyurishda imkon qadar jamoat transportlaridan foydalanishlarini, shaxsiy transport vositasini atrofdagilarga halaqit beradigan joylarda, Yo‘l harakati qoidalariga zid ravishda to‘xtatmasliklarini va qoldirib ketmasliklari so‘ralmoqda. 

"Yo‘llarda, tadbirlar bo‘lib o‘tayotgan saylgohlar atrofida harakat xavfsizligini taʼminlash uchun YPX xodimlari xizmatga jalb etilgan. Asosiy maqsadimiz, bugungi bayram tadbirlarini ko‘tarinki kayfiyatda va xavfsiz o‘tishini taʼminlashdir", - deyiladi xabarda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50721 | Инструменты