Huawei 1
Toshkentda 10 dan ortiq avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgaradi

18-sentabrdan 5-oktabrgacha Bobur ko‘chasining Shota Rustaveli va Nukus ko‘chalari orasidagi qismida 110 kV li yer osti elektr kabellarini o‘tkazish ishlari olib boriladi.

Shu sababli, 2, 11, 12, 40, 45, 47, 67, 77, 80, 94, 106, 140-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati suratga ko‘rsatilgan chizma asosida tashkil etiladi.

Ushbu yo‘nalishlarda harakatlanayotgan avtobuslarning qatnov va oraliq vaqtlari belgilangan vaqtdan ortishi holatlari yuzaga kelishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91918 | Инструменты