Huawei 1
Toshkentda 11 nafar mahbus muddatidan ilgari jazodan ozod etildi

Sergeli tumanida tuzalish yo‘liga o‘tgan 11 nafar shaxs muddatidan ilgari jazodan ozod etildi. Bu haqda O'zA nashri xabar bermoqda

Ma'lum qilinishicha, Sergeli tumani sudi tomonidan sayyor sud o‘tkazildi. Unda tuman ichki ishlar organi faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi probatsiya ro‘yxatida turgan va jazo o‘tayotgan, bu jarayonda mehnatga halol munosabatda bo‘lib, tuzalish yo‘liga o‘tgan 11 nafar shaxs muddatidan ilgari jazodan ozod etildi.

Shuningdek, yana ikki nafar shaxsning jazosi o‘zgartirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50915 | Инструменты