Ijtimoiy tarmoqlarda 15 yoshli bolaning jinoyatchilikni orzu qilib gapirgan gaplari aks etgan video tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. IIBB holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, nazoratsiz yurgan ushbu bola shahar IIBB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga olib kelinib, joylashtirilgan. Shaxsiga aniqlik kiritilgan. 2024-yilda ham bola ushbu markazga olib kelingani aniqlangan.
O‘shanda ham ko‘chalarda nazoratsiz yurgan. Onasi bilan aloqaga chiqilganda, bolasini olib ketishga imkoni yo‘qligini bildirgan.
Shuningdek, ushbu videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan fuqaroning shaxsi aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, u videoga tushib berishi uchun bolaga 500 ming so‘m pul va’da qilgan. Bola 2 oydan beri ota-onasining qarovisiz qolgan hamda ko‘chada sotuvchilik bilan shug‘ullanib yurgan.
Holat yuzasidan uning ota-onasiga nisbatan BHMning 25 barobari miqdorida jarima solinishi yoki 15 sutkagacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22000 | Инструменты