Huawei 1
Toshkentda 4 mln donadan ortiq pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi

22 noyabr kuni Yashnobod tumanidagi Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 20-yong‘in qutqaruv qismida pirotexnika vositalarini yo‘q qilishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar qildi.

Tadbir davomida noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan yirik miqdordagi yaʼni 4 mln 65 ming 562 dona pirotexnika buyumlari dastlab suvda bo‘ktirilib, yaroqsiz holatga keltirilgan. So‘ngra maxsus handakka ko‘mib yuborish yo‘li bilan yo‘q qilingan.

Maʼlum qilinishicha, shu kunga qadar, o‘tkazilgan tezkor tadbirlar hamda bojxona nazorati jarayonida jami 77 ta holatda qiymati salkam 1 mlrd so‘mlik, miqdori 7 mln 390 ming donadan ortiq pirotexnika buyumlari ushlab qolingan.

Maʼlumot o‘rnida, ushbu holatlar bo‘yicha 5 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, 53 ta holatda maʼmuriy ishlar yuritilgan.

Aniqlanishicha, joriy yilda ushlab qolingan pirotxenika vositalari miqdori o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,2 barobarga oshgan.

Bojxona qo‘mitasining Surishtiruv va maʼmuriy amaliyot boshqarmasi boshlig‘i Akramjon Axlimirzayevning maʼlum qilishicha, yo‘q qilingan pirotexnika vositalarining salkam 88 foizi yaʼni 3 mln 537 ming donasi so‘nggi bir yil davomida bevosita bojxona organlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112221 | Инструменты