Huawei 1
Og‘ir demografik vaziyat sabab Rossiyaga migrantlar kerak – Peskov

Rossiya boshqa mamlakatlardan mehnat migrantlariga muhtoj, chunki mamlakat og‘ir demografik vaziyatda turibdi. Bu haqda bugun, 22 noyabr kuni Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Migrantlar – bu zarurat. Biz dunyodagi eng katta mamlakatmiz, ammo aholimiz oz. Dinamik rivojlanish va barcha rejalarni amalga oshirish uchun ishchi qo‘llarga ehtiyojimiz bor. Biz migrantlarni qabul qilamiz”, dedi Peskov.

U, shuningdek, muammo faqat noqonuniy muhojirlarda ekanini ta’kidladi, chunki ularning qonuniy bo‘lmagan holda Rossiyada bo‘lishi diniy ekstremizm tarqalishi xavfini keltirib chiqaradi.

“Migrantlar muammo emas. Muammo – bu noqonuniy migrantlar. Qonun buzilgan muhitda har xil jinoyatchilik, shu jumladan, diniy ekstremizm va narkotik iste’moli kabi xavfli holatlar yuzaga keladi”, dedi u.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112302 | Инструменты