Huawei 1
Toshkentda 4 ta yuk mashina va 8 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo'ldi

Toshkent shahar Yunusobod tumani KXAY - Sharof Rashidov ko'chalari kesishgan chorrahasida YTH sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan shahar IIBB Yo'l harakati xavsizligi boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, hodisa 2023-yil 27-aprel kuni soat 13:40 larda yuz bergan. Bunda Kamaz, Isuzu, Howo, Zil  rusumli yuk avtomashinalari hamda Lacetti, Tracker 2, Nexia 3, Epica, 2 ta Cobalt, 2 ta Spark avtomashinalari ishtirokida yo'l transport hodisasi sodir bo'lgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra YTH sababi Kamaz rusumli avtoulov haydovchisi chorrahaga yaqinlashayotgan vaqtda, tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelgan.

Yo‘l transport hodisasi natijasida Cobalt rusumli avtomashina  yo'lovchisi tan jarohat olib shifoxonaga olib borilib birinchi yordam ko'rsatilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

IIBB YHXB barcha haydovchilardan boshqaruvlarida bo'lgan, transport vositalarining texnik holatini o'z vaqtida nazorat  qilishlarini so‘raydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120505 | Инструменты