Huawei 1
Toshkentda 414 mln so‘m kommunal to‘lovlarni "yeb yuborgan" shirkatlar aniqlandi

Toshkent shahar Uchtepa tumanida, "N.n.", "M.s.", "B.s.", "S.k." va "I." xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari moddiy javobgar shaxslari hududdagi xonadon egalaridan kommunal to‘lovlari uchun undirilgan jami 413,9 mln so‘mni kirim qilmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin kommunal to‘lovlarni to‘lashda qarzlarni undirish bo'yicha sudga murojaat qilish bekor qilingani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71613 | Инструменты