Huawei 1
Toshkentda avtobus mast fuqaroni urib yubordi

“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati "Yutong CNG" rusumli avtobus ishtirokida sodir bo’lgan yo’l-transport hodisasi yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.

Qayd etilishgicha, 20-noyabr kuni soat 17:37 larda "8-Avtobus saroyi" filialiga qarashli 82-sonli "Ibn Sino dahasi 1 – Yunusobod dahasi 17" yo‘nalishidagi  “Yutong CNG” rusumli avtobus Olmazor tumani Gulsaroy ko‘chasidan harakatlanib kelib Qorasaroy ko’chasiga qayrilib olish vaqtida yo‘lning belgilanmagan qismidan to’satdan yugurib kelgan mast holatdagi fuqaro avtobusning o’ng tomon o’rta yon qismiga urilishi natijasidan yo’l-transport hodisasi sodir bo’lgan. 

Hodisa oqibatida fuqaro tan jarohati olgani sababli voqea joyiga tez tibbiy yordam chaqirilgan va fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hozirda ushbu yo'l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o'rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты