Huawei 1
Toshkentda bankomatdan qalbaki dollar almashtirildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan “Ipak Yo‘li” AITB Chilonzor filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar T.T., N.O. va A.Sh. ushbu bank filialiga tegishli bankomatdan jami 28 dona 50 AQSH dollarlik qalbaki kupyuralarni milliy valyuta so‘mga ayirboshlab olganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112719 | Инструменты