Huawei 2
Toshkentda dizel yoqilg‘isini sotayotgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro K.Gʻ. jami 1 250 litr dizel yoqilg‘isini fuqaro A.B.ga 11,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, Bektemir tumanidagi unga tegishli omborxonadan sotish uchun saqlab qo‘yilgan 3 600 litr dizel yoqilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent kichik xalqa yo‘li bo‘yida noqonuniy yoqilg‘i savdosi bilan shug‘ullanib kelgan J.R. 200 litr dizel yoqilg‘isini 2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga