Huawei 1
Toshkentda III xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi o‘tkaziladi

2024-yil 10-avgust – 10-sentabr kunlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi hamda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi tomonidan "Toshkent – 2024" III xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi o‘tkaziladi.  

Simpoziumda O'zbekiston hamda xorijiy davlatlarning tajribali, mahoratli haykaltaroshlari tomonidan "Haykaltaroshlik va atrof-muhit" mavzusida toshdan ijod asarlari yaratiladi. Shuningdek, yosh ijodkorlar uchun mahorat darslari, amalish mashg‘ulotlar tashkil etiladi, "ustoz-shogird" an'analari namoyish qilinadi. 

Bundan tashqari, simpozium ishtirokchilari uchun Toshkent shahri, Buxoro va Toshkent viloyatlaridagi muzeylar hamda madaniy meros obyektlariga sayohatlar uyushtiriladi.

Simpozium davomida yaratilgan betakror badiiy yechimga, g‘oyaga ega bo‘lgan, yuksak estetik talab darajasidagi haykallar Toshkent shahrining madaniy muhiti va badiiy qiyofasini shakllantirish maqsadida istirohat bog‘lari, dam olish zonalari, ko‘ngilochar va sayyohlik maskanlariga, shu bilan birga, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)ga  o‘rnatiladi.

Simpozium yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar va gonorarlar topshiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102303 | Инструменты