Huawei 1
Toshkentda issiqlik va issiq suv tariflari 15 foizga oshiriladi

Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda xalq deputatlari poytaxt kengashining 12-sentyabrdagi qarorida keltirilgan.

Unga ko‘ra, Veolia Energy tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq markaziy isitish va issiq suv yetkazib berish xizmatlari uchun quyida taklif etilgan narxlar ma’qullandi:

  • aholiga — bir Gkal uchun 121 617 so‘m;
  • boshqa ulgurji tashkilotlarga bir Gkal uchun — 244 497 so‘m (QQSsiz).

Aholiga issiqlik va issiq suv ta’minoti xizmatlari narxi so‘nggi marta 2024-yilning 2-aprelida, isitish mavsumi tugagan kundan bir kun o‘tib 15 foizga ko‘tarilgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92021 | Инструменты