Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi yordamchisi onasini qattiq kaltaklagani haqida maʼlumot tarqalgan edi.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd teilishicha, joriy yilning 16-iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonlardan birida 65 yoshli M.I. kaltaklangan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 105-moddasi (qasddan badanga o‘rtacha og‘irlikdagi shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Shuningdek, IIBBning taʼkidlashicha, ayni damda keksa ayolning kaltaklanishiga aynan kim sababchi bo‘lganligi aniqlanmagan. Jabrlanuvchining o‘zi o‘g‘liga emas, keliniga qarshi ko‘rsatma bermoqda.
Shuningdek, fuqaro M.I.da aniqlangan tan jarohatini og‘irlik darajasini hamda ruhiy holatini aniqlash maqsadida, sudga oid tibbiy va psixiatrik ekspertiza tayinlangan. Tergov davom etmoqda.
Shahar hokimligi matbuot xizmati Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi yordamchisi tergov yakuniga qadar o‘z vazifasidan chetlashtirilganini maʼlum qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110715 | Инструменты