Huawei 1
Toshkentda "Nexia-2" mashinasi gaz balloniga prixotrop dorilarni yashirgan 36 yoshli haydovchi qo'lga olindi

DXXning Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan xududiy bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining "Qirg‘iziston-Farg‘ona vodiysi-Toshkent-Sirdaryo" yo‘nalishida noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida bir nechta faol tadbirlar amalga oshirildi, deya xabar bermoqda Uzreport.news manbasi.

Jumladan, Farg‘ona tumanida yashovchi 47 yoshli fuqaro boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina Toshkent shahri Yashnobod tumani hududida to‘xtatildi.

Avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganda, Qirg‘izistondan olib kirilgan va keyinchalik Toshkent shahri orqali Sirdaryo viloyati hududiga olib borish rejalashtirilgan 4200 dona “Regapen” va 1000 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, “Farg‘ona-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Toshkent shahrida yashovchi 36 yoshli shaxs boshqaruvidagi “Nexia-2” rusumli avtomashina Toshkent shahridagi “Sharq” yo‘l-patrul xizmati maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.

Natijada avtomashinaning yuk xonasidagi metan gaz balonining ichiga xufiyona tarzda yashirilgan 999 dona “Tropikamid” va 3356 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shu bilan birga, Farg‘ona viloyatida yashovchi 35 yoshli fuqaro Toshkent viloyati O‘rtasaroy tumani hududida qo‘lga olinib, uning yuk sumkasi ko‘zdan kechirilganda, unda 900 dona “Tropikamid” va 1680 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa “Bektemir” yo‘l-patrul xizmati maskani hududida “Lasetti” rusumli avtomashina tekshirildi. Unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan shaxsga tegishli  polietilin paketda 504 dona “Regapen”, 91 dona “Tropikamid” dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin DXX 6 ta viloyatda qariyb 20 kg narkotik moddalar aylanmasiga chek qo‘ygani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82405 | Инструменты