Huawei 1
Toshkentda obodonlashtirishda ishlaydigan onaxonga sovg‘a berilib, keyin qaytarib olindi

Ijtimoiy tarmoqarda obodonlashtirishda ishlaydigan onaxonning murojaati tarqaldi. Unda ayol tashkillashtirilgan bayramda sovg‘a berilgani, keyin esa qaytarib olinib, o‘g‘riga chiqarilganini aytgan.

Holat yuzasidan Yashnobod tuman hokimligi ma’lumot berdi. 

Mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanib, ayolning qo‘lidan sovg‘alarni olib qolgan shaxs bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.

Unda aytilishicha, Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Shahnoza Sultonova, Yashnobod tumani hokimi Baxtiyor Raxmankulov hamda tuman mas’ullari mazkur xodimaning xonadoniga tashrif buyurib, uni bayram bilan tabriklagan hamda esdalik sovg‘alarini topshirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31001 | Инструменты