Huawei 1
Toshkentda o'z farzandi, ayoli va yana 2 nafar qarindoshini pichoqlagan shaxs aniqlandi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida bir erkak o’z farzandi, ayoli, qaynonasi va qaynisinglisini pichoqlagani aytilmoqda. Bu haqda IIBB rasmiy ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 21-iyul kuni shahar IIBBga Chilonzor tumanining 7-dahasi 21-uyda qotillik sodir etilgani yuzasidan xabar kelib tushgan.

Ma’lum bo’lishicha, 4 nafar fuqaroni pichoqlagan shaxs 1989-yilda tug’ilgan bo’lib, ushbu falokatga turmush o’rtog’i bilan bo’lgan ziddiyat sabab bo’lganini aytgan.

Jabrlanganlar o’sha kunning o’zidayoq tahminan 21:30 larda Respublika shoshilinch tez tibbiy ilmiy markaziga olib kelinib, zudlik bilan operatsiya qilinadi.

“To’rttala bemor ham juda og’ir ahvolda keldi. Bir vaqtni o’zida 4ta operatsion brigada ishladik. Operatsiya vaqtida 1 bemorning ko’krak qafasi jarohatlangani natijasida o’pkasi yirtilgani ma’lum bo’ldi. Undan tashqari yana bir bemorning ichaklari yirtilib, shikastlangan. Hozirgi vaqtda ularning ahvoli yaxshilashyapti”, deydi “Markaziy Studiya” ko’rsatuviga intervyu bergan shifokor.

Ayni damda jinoyat sodir etgan shaxsga Jkning 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ish qo’zg’atilib, qamoqqa olingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71722 | Инструменты