Huawei 1
Toshkentda profilaktika inspektorlariga pichoq bilan tahdid qilgan mast fuqaroga jinoyat ishi qo'zg'atildi

Toshkentda mast fuqaro 2 nafar IIB xodimiga pichoq bilan tahdid qilib, quvlagani va bu jarayonga uning turmush o‘rtog‘i hamda onasi aralashib, xodimlarning xizmat kiyimlarini yirtishgani haqida xabar bergan edik.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinovning ma'lum qilishicha, Toshkent shahar Yangihayot tumanida IIB profilaktika inspektorlariga pichoq bilan tahdid qilgan mahkum va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Qashqadaryoda pora bilan qo‘lga tushgan IIB xodimi qochishga uringani, Samarqandda YPX xodimi pogonini yulib, uni do'pposlagan haydovchiga elektroshoker qo‘llagani haqida xabar bergan edik. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82520 | Инструменты