Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tumani bo‘limi va IBB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida fuqarolar M.A, I.A. va boshqalar “Yangi Sergeli” ko‘chasidagi savdo majmuasi avtoturargohida 100 AQSH dollarlik kupyuradagi jami 9 000 qalbaki AQSH dollarini fuqaro B.Z ga 5 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlanib, qalbaki kupyuralar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Ushbu holat yuzasidan JKning 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112018 | Инструменты