Huawei 1
Toshkentda qiymati 8 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni sotayotgan shaxslar ushlandi

Toshkent shahrida giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dorilar tarqalishi oldi olinmoqda. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan 1994-yilda tug‘ilgan D. va 1999-yilda tug‘ilgan F. ismli shaxslar Bo‘stonliq tumanida 20 kg kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni sotayotgan vaqtida ushlandi.

Daliliy ashyo sifatida olingan 20 kg kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning narxi 8 mlrd so‘mga teng bo‘lib, 100 ming insonni zaharlashi mumkin bo‘lgan, deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida. 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251- (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) va 246-modda 1-qismi (kontrabanda, yaʼni bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalanib, deklaratsiyasiz yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, kuchli taʼsir qiluvchi, zaharli, zaharlovchi, portlovchi moddalar, radioaktiv materiallar, portlatish qurilmalari, qurol-yarog‘, o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni yoki o‘qotar qurolning asosiy qismlarini, shuningdek, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni yoki diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish) bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31517 | Инструменты