Toshkent shahrida voyaga yetmagan qizga shahvoniy shilqimlik qilib, uning suratini internetda tarqatgan hamda qizning onasini haqoratlagan 19 yoshli yigit qamaldi.
Sud hujjatida qayd etilishicha, 2006 yilda tug‘ilgan sudlanuvchi I.D. joriy yilning 25 aprel kuni voyaga yetmagan J.M.ga shahvoniy shilqimlik qilib, uning oyog‘i son qismidan ushlab, qizning oyog‘i son qismini ochiq xolda foto tasvirga olib, mazkur foto tasvir va J.M.ning yuzi tasvirlangan foto suratning ustiga uning qadr-qimmatini kamsitilishiga va uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan uyatli yolg‘on yozuvlarni yozib, Instagram'da tarqatgan.
Bundan tashqari, I.D. qizning onasi Z.T.ni telefon orqali uyatli so‘zlar bilan haqorat qilgan.
Mazkur ish joriy yilning 7 may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudida ko‘rib chiqilgan. Sudda I.D. yuqorida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganiga iqrorlik bildirib, qilgan ishidan pushaymonligini, kelgusida bunday holat boshqa takrorlanmasligini aytib, oilaviy sharoitini inobatga olib, suddan unga nisbatan yengillik berishni so‘ragan. Sud qaroriga ko‘ra, unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41- moddasi (haqorat qilish), 411- moddasining (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismi, 2022- moddasining (yolg‘on axborot tarqatish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan va unga 26 million 250 ming so‘m jarima hamda 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51015 | Инструменты