Huawei 1
Toshkentda to‘rt kishini hajga jo‘natish uchun 23,6 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Toshkent shahrida o‘zining jinoiy sheriklari bilan til biriktirgan shaxs mijozlar bilan telefon orqali gaplashib, ularni haj safariga yuborishni maʼlum qilgan. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati izoh berdi.

Maʼlum qilinishicha, u har bir shaxsdan 5,9 ming dollardan, jami 23,6 ming dollar olgan vaqtda ushlandi.

“To‘rt nafar odamni hajga jo‘nataman deb telefonda gaplashdim. Ular bilan ko‘rishdim. Hajga jo‘natish uchun sertifikat qilib berib, 23,6 ming dollar oldim. Men baribir ularni jo‘nata olmasdim. Shu pullarni o‘z manfaatim yo‘lida oldim. Aybimga iqrorman. Bu narsa bilan turfirma yoki biror inson shug‘ullana olmaydi. Faqat davlat jo‘natadi”, deydi gumonlanuvchi.

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov davomida fuqaro ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41622 | Инструменты