Toshkentda Turk dunyosi hujjatli filmlari festivali o'tkaziladi

22-24-oktabr kunlari Toshkentda Turk dunyosi jurnalistlari Federatsiyasi tomonidan Turk dunyosi madaniyati, san'ati va kino jamg'armasi bilan hamkorlikda hujjatli filmlar namoyishi o'tkaziladi

Festival butun turk dunyosi kinoijodkorlarini uchrashuvlar o'tkazish, fikr va g'oyalar almashish uchun birlashtiradi. Ishtirokchi mamlakatlar ro'yxatida O'zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Turkmaniston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Muxtor turk Respublikalari, Makedoniya, Kosovo, Vengriya va turk hamda unga yaqin (qardosh) jamoalar o'rin olgan.
O'zbekistondan "O'zbekkino" milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov festival Kengashining faxriy a'zosi, mashhur kinorejissyor Rashid Malikov esa hay'at a'zosi hisoblanadi.

Festivalning maqsadi hujjatli filmlar kino ijodkorlarini qo'llab-quvvatlash hamda hujjatli filmlar ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga hissa qo'shishdan iborat.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50120 | Инструменты