Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarining ayrim joylarida ikki kunga issiq suv ta’minoti o‘chiriladi

30−31 oktyabr kunlari Toshkentning Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlaridagi ayrim hududlarda issiq suv ta’minoti o‘chiriladi. Bunga 1-IM qozonxonasi gaz ta’minotidan vaqtincha uzilishi sabab bo‘ldi, deb xabar bermoqda Veolia Energy Tashkent kompaniyasi.

«Bizning asosiy issiqlik energiyasini yetkazib beruvchimiz („Toshkent issiqlik markazi“ MChJ) 1-IM qozonxonasi gaz ta’minotidan vaqtinchalik uziladi. To‘xtash sababi Hududgaz Poytaxt yuqori bosimli gaz quvuridagi rejalashtirilgan ishlar bilan bog‘liq bo‘lib, ishlar 30 oktyabr kuni soat 08:00 dan 31 oktyabr soat 20:00 gacha amalga oshiriladi», — deyiladi xabarda.

Issiq suv ta’minotining to‘liq tiklanishi gaz ta’minoti qayta tiklanganidan va 1-IM qozonxonasi ishga tushirilgandan so‘ng (taxminan 31 oktyabr kuni yarim tunda) amalga oshiriladi.

O‘chiriladigan manzillar:

- Yunusobod tumani: S-4, S-5, S-6 dahalari, A.Donish, Ergashev, Bodomzor, Bog‘ishamol, G‘ulomov, Gidrometeorologiya markazi, A.Temur ko‘chalari.

- Mirzo Ulug‘bek tumani: Navnihol, Ne’mat, Shahriobod, Do‘rmon yo‘li, Mo‘minov, Ziyolilar, Xojiboyev, Qalandar, M.Ulug‘bek, Levitan, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi gospitali hududi, Sayram, Buyuk Ipak Yo‘li, M. Yusuf, Mustaqillik, Oqqo‘rg‘on, Irgashev, K.Niyozov, Murtazayev, P.Salar, P.Pishpek ko‘chalari, H.Olimjon maydoni, S-1, S-2, Yalang‘och, Bo‘z-1, Parkent dahalari.

- Yashnobod tumani: Botkina, «Tashselmash», Mirzo Ulug‘bek dahalari, Riyoziy, Parkent, Tsiolkovskiy, Maxtumquli ko‘chalari.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42819 | Инструменты