Huawei 1
Toshkentda “Webster” universiteti filiali ochiladi

2017-yilning 4-dekabr kuni Toshkent shahriga “Webster” universiteti vitse-prezidenti Piter Maher boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibidan Uoker nomidagi biznes va texnologiyalar maktabi dekani Simmon Kummings va “Webster” universiteti ta’lim maktabi dekani Brenda Fayf o‘rin olgan.

Tashrif maqsadi ko‘ra delegatsiya O‘zbekiston tomoni bilan “Webster” universitetining Toshkent shahridagi filialini ochish bilan bog‘liq texnik, huquqiy va moliyaviy jihatlar hamda yangi o‘quv yilidan – 2018-yilning sentyabr oyidan boshlab ta’lim muassasasi faoliyatini boshlash masalalari muhokama qilinadi.

Toshkent shahrida AQSh universitetining birinchi filiali ochilishi to‘g‘risidagi O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi va “Webster” universiteti o‘rtasidagi bitim O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sentyabr oyida Nyu-York shahriga tashrifi doirasida o‘tkazilgan O‘zbekiston-AQSh biznes-forumi yakuni bo‘yicha imzolangan.

“Webster” universiteti delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi dasturida Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim, Maktabgacha ta‘lim, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vazirliklarida uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Muzokaralar davomida mamlakatimizda “Webster” universiteti filiali faoliyatining tashkiliy va huquqiy jihatlari muhokama qilinadi hamda Universitet tomonidan tuziladigan o‘quv dasturlari kelishib olinadi.

O‘zbekistonning Vashington shahridagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh delegatsiyasi O‘zbekistondagi ta’lim muassasalarida tashkil etilgan o‘quv jarayoni bilan tanishish maqsadida bir qator milliy universitetlarga, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda xorijiy OTMning filiallari Inha universiteti, Turin politexnika universiteti, Singapur menedjment instituti, Vestminster universitetiga ham tashrif buyuradi.

Rejaga ko‘ra, “Webster” universitetining filialida O‘zbekistonlik talabalar “axborot texnologiyalari”, “axborot xavfsizligi”, “OAV rivojlanishi”, “biznes”, “tabiiy fanlar” va “pedagogika” kabi ta’lim yo‘nalishlarida bakalavr va magistr darajasini olishlari mumkin bo‘ladi. O‘qish AQSh universiteti professorlari va mahalliy o‘qituvchilar tomonidan ingliz tilida olib boriladi.

Shuni ta’kidlash joizki, “Webster” universiteti 1915-yilda Missuri shtati Sent-Luis shahrida tashkil etilgan. Universitetning muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan Shveytsariya, Avstriya, Gretsiya, Gollandiya, Xitoy, Tailand va Gana kabi davlatlarda 7ta xalqaro filiallari mavjud. Shuningdek, 2017-yilda Amerikaning eng yaxshi universitetlari reytingida 24-o‘rinni egallagan.

Izohlar: 28
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish
  • A'zamjon
    54
    A'zamjon 6 yil avval

    Grantlar mavjudmi? Mavjud bo'lsa soni nechta?

  • Nodir
    98
    Nodir 6 yil avval

    Qanday fanlardan imtihon buladu keyin IELTS ham kerakmi buladimi

  • Nodir
    13
    Nodir 6 yil avval

    Qanday hujjatlar kerak buladi va qachondan qabul boshlanadi va imtihon qachon buladi

    • Azizjon
      10
      Azizjon 6 yil avval

      Toshkeni qatida ochilvoti bu oqw

  • Ziyodullo
    0
    Ziyodullo 6 yil avval

    Qanday yo'nalishlar va qaysi fanlar kerak.

  • sohiba
    1
    sohiba 7 yil avval

    Qanday hujjatlar kerak

    • Azizbek
      14
      Azizbek 6 yil avval

      Qachondan qabul boladi nima hujatlar topshIrish kerak qaysi fanlardan boladi imtixon

  • Hilola suyunova
    8
    Hilola suyunova 7 yil avval

    Qabul jarayoni qanday va qaysi fanlardan imtixon bo'ladi

  • Shaxzod.O'tkirov
    45
    Shaxzod.O'tkirov 7 yil avval

    Man bu universitet Toshkent shaxrini qaysi tumanida va hujjat qabul qilish qachondan boshlanishi qiziqtirvotti. Ielts kerakmi

    • Sofiy
      11
      Sofiy 7 yil avval

      Qachon imtxon boladi va IELTS kerakmi


Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82501 | Инструменты