Toshkentda “Hizbut-Tahrir” ekstremistik guruhning 10 nafar aʼzosi qoʻlga olindi
Joriy yilning 15-sentyabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi 10 nafar “Xizb ut-Tahrir” diniy ekstremistik tashkiloti aʼzolarining jinoiy faoliyatiga chek qoʻyishga qaratilgan tezkor tadbirlar oʻtkazildi.
Ma'lum bo'lishicha, aniqlangan “tahrirchilar”ning barchasi muqaddam mazkur tashkilot safida sodir etgan jinoyati uchun jazo muddatini oʻtab chiqqan shaxslar hisoblanadi. Ular Internet tarmogʻi orqali xorijda yashirinib kelayotgan “Xizb ut-Tahrir” aʼzolari bilan aloqa qilib, ularning koʻrsatmalari asosida aholi orasida tashkilot gʻoyalarini targʻib qilish va tarafdorlari safini kengaytirish bilan shugʻullanib kelganlar.
Mazkur shaxslarning yashash manzillari va uyali aloqa vositalarida “Xizb ut-Tahrir”ga tegishli boʻlgan adabiyotlar va materiallar mavjudligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olib qoʻyilgan.
IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi. bergan ma'lumotlrga ko'ra, hozirda ularning noqonuniy hatti-harakatlariga huquqiy baho berish va javobgarlikka tortish maqsadida, tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112317 | Инструменты