Hozir markazning 10 gektar maydonida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish ishlari olib borilmoqda. Majmua toʻliq ishga tushgach, 2 mingta ish oʻrni yaratilishi, Buxoroga qoʻshimcha 2 milliondan ortiq sayyoh jalb etilishi kutilmoqda. Hisob-kitoblarga koʻra, mahalliy budjetga yillik tushum 288 milliard soʻmni tashkil etishi mumkin.
Prezident Buxoro shahrida qurilayotgan yangi turizm markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Majmua 50 gektar maydonda barpo etilmoqda. Loyihaga jami 105 million dollar investitsiya yoʻnaltirilishi rejalashtirilgan.
Loyihaga koʻra, hududda qabullar uyi, koʻrgazmalar zali, muzey, ikkita zamonaviy mehmonxona, 80 ta oilaviy mehmon uyi, 2 ming oʻrinli amfiteatr, 70 dan ortiq savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchasi barpo etiladi. Shuningdek, sayilgohlar, hunarmandchilik markazlari va sunʼiy koʻl tashkil etiladi. Inshootlar qiyofasida Buxoro meʼmorchiligiga xos anʼanalarni zamonaviy yechimlar bilan uygʻunlashtirish nazarda tutilgan.
Hozir markazning 10 gektar maydonida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish ishlari olib borilmoqda. Mazkur jarayonga 50 ga yaqin maxsus texnika jalb qilingan.
Majmua toʻliq ishga tushgach, 2 mingta ish oʻrni yaratilishi, Buxoroga qoʻshimcha 2 milliondan ortiq sayyoh jalb etilishi kutilmoqda. Hisob-kitoblarga koʻra, mahalliy budjetga yillik tushum 288 milliard soʻmni tashkil etishi mumkin.
Prezident loyihaning ahamiyati bunyod etilayotgan binolar bilangina oʻlchanmasligi, asrlar davomida ilm-maʼrifat, savdo va hunarmandchilik markazi boʻlib kelgan Buxoroning shuhratiga munosib muhit yaratish, uning boy merosini dunyoga yanada keng tanitish muhimligini qayd etdi. Yangi markazga kelgan mehmon sharif shaharning tarixiy ruhini his etishi, bugungi taraqqiyotini koʻrishi, buxoroliklar esa turizm rivojidan ish oʻrni va daromad koʻrishi lozim. Prezident loyihani ana shu maqsadlardan kelib chiqib amalga oshirish vazifasini qoʻydi.
Shu yerning oʻzida davlat rahbari Buxoro infratuzilmasini 2027-yilda oʻtkazilishi rejalashtirilgan sammitlarga puxta tayyorlash yuzasidan mutasaddilarning axborotlarini tingladi va tegishli topshiriqlar berdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110316 | Инструменты