Huawei 1
Toshkentda xotinini rashk qilgan erkak tanishining mashinasiga o‘q uzdi. Shahar IIBB izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l o‘rtasida bir fuqaro VAZ-2199 rusumli transport vositasiga qarata o‘q uzganligi aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar ichki ishlar Bosh boshqarmasi axborot xizmati izoh berdi.

Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 20 yanvar kuni taxminan soat 11.35 larda 1990 yilda tug‘ilgan Sultanov Zafar (Spark rusumli davlat raqami 01 B 292 WA bo‘lgan avtomobil haydovchisi) Mirzo Ulug‘bek tumani Feruza dahasi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida yo‘lning qatnov qismida o‘zining tanishi 1985 yilda tug‘ilgan Abdullayev Grigoriyni ko‘rib qolgan. U bilan oldindan turmush o‘rtog‘ini rashk qilish oqibatida o‘zaro kelishmovchiligi bo‘lgan G.Abdullayev bilan gap talashib uning boshqaruvidagi VAZ-21099 rusumli 01 T 738 NA bo‘lgan avtomobilning g‘ildiragini tepib, so‘ng yonida bo‘lgan pnevmatik quroldan avtomobilga bir marotaba o‘q uzgan. 

Buning natijasida hech kim jarohatlanmagan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimagan shaxsga nisbatan qat’iy qonuniy chora ko‘riladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82420 | Инструменты