Maxsus tezkor gurux tomonidan kuzatuvga olingan shaxsning Toshkent shahar Yunusobod tumanida ijaraga olingan xonadoni belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, bu yerda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni tayyorlashga mo‘ljallangan yashirin narkolaboratoriya tashkil qilgani aniqlandi.
Mazkur xonadonda hamda poytaxtning Uchtepa tumani va Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi xonadonlarda pregabalin, tropikamid, trilon kabi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, ularni tayyorlashda foydalaniladigan prekursorlar, qayta ishlash va taqsimlashga mo‘ljallangan tarozi, kolba, mikser kabi laboratoriya jihozlari, dorilarni solishga mo‘ljallangan plastik bo‘sh idishlar borligi aniqlandi.
O‘tkazilgan keng qamrovli tezkor tadbirlar natijasida yashirin "narkolaboratoriya"dan jami og‘irligi 19 kg 225 gr "pregabalin", 2 kg 960 gr "tropikamid", 1,2 kg “trilon” kuchli ta’sir qiluvchi moddalari, 20 litr xlorid kislotasi, 19 nomdagi 1746 dona laboratoriya uskuna va jihozlari ashyoviy dalil sifatida olib ko‘yildi.
Avvalroq Farg‘onada qalbaki va sifati kafolatlanmagan dori vositalarining savdosiga chek qo‘yilgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32021 | Инструменты